Bugun tumanning "Xushali" MFY hududida tadbirkor Asfiddin Nurmatov o‘z mablag‘i hisobidan chiqindilarni qayta ishlash orqali polietilen maxsulotlar (plastik quvurlar va plastik buyumlar) ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"OBOD-PLAST SS" MCHJga qarashli ushbu korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati hozircha 1200-1500 kilogramni tashkil etmoqda, tadbirkor ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirib borishni rejalashtirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati esa hozirda 5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Ishlab chiqarish korxonasi mahalliy aholi vakillaridan 25 nafarini doimiy ish o‘rni bilan taʼminlagan bo'lib, bundan tashaari mavsumiy 10 nafar ishchi o‘rni ham mavjud.

Ko‘kdala tumani qishloq xo‘jalik maxsulotlari xususan tarvuz ekishga mo‘ljallangan hudud ekanligi ham tadbirkorimiz ishlab chiqarayotgan maxsulot mahalliy bozordan ortmasligini anglatadi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Xurram Djurayev ham ishtirok etib, tadbirkorlik uchun keng imkoniyat yaratib berayotgan davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi, hamda tadbirkor uzluksiz elektr-energiyasi bilan taʼminlanishi va har qanday vaziyatda tadbirkorni qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

18-03-2023 |
Foto galereya