Viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha Koson tumanining “Mesit” MFYda joylashgan “Alisher Navoiy ko‘chasi”da 1100 metr, xonadonlar soni 278 taligini inobatga olinib, tuman iqlim sharoitiga mos 1300 dona Pavlovniya ko‘chatlari ekilgan va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Namunali ekologik ko‘cha" tashkil etilgan.
 
Ma’lumot uchun, avvalroq Kasbi tumanining "Tinchlik" MFYda ham "Namunali ekologik ko‘cha" tashkil etilgan holda ushbu ko‘chaga hudud iqlimiga mos (eldor qarag‘ay, archa, olcha, o‘rik, bodom) kabi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan edi.
08-04-2022 |
Foto galereya