“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan viloyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan deputatlar, jamoatchilik nazorati vakillari va OAV vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Unda, hokimlik faoliyati ochiqligini taʼminlash, ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar va ularni axborot resurslarida joylashtirish va yangilab borish bo'yicha hisobotlar ochiq eʼlon qilinib, hokimlika korrupsiyaga qarshi kurash tizimini tashkil etish, ularining samaradorligi va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, mazkur “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri savol-javoblarga boy bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan sohaga oid berilgan taklif va mulohazalar ham tinglandi.

06-12-2023 |
Foto galereya