Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarning ahamiyatli tomoni shundaki, uchrashuvlarda sektor rahbarlari, viloyat rahbarlari deputatlar va jamoatchilik oldida hisobot bermoqda.


Bu kabi tadbirlar Gʻuzor, Qamashi, Kasbi, Yakkabog‘, Shahrisabz tumanlari va Shahrisabz shahrida o‘tkazildi.

Chorshanba kuni o‘tkazilgan Yakkabog‘dagi bunday tadbir boshqa tuman va shaharlarda o‘tkazilgani kabi ochiq va oshkora bo‘lib o‘tdi. Taqdimotlarda joriy yilda qilinadigan ishlar bo‘yicha mas’ullar birin-ketin navbati bilan xalq oldida hisobot taqdimotlari va planshetlardagi raqamlar bo‘yicha ma’lumot berishdi. Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillar ichida ko‘p narsa o‘zgardi. O‘tayotgan yildan esa umidlar katta. Mas’ullar ayni o‘tkazilayotgan taqdimotlardan zimmasiga yuklanayotgan vazifalar mas’uliyatidan xulosa qilishi, soddaroq aytganda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev keltirgan iqtibosni “Xalq oldida berilayotgan hisobot - va’da bilan teng” xotirida saqlab qolishi va amalda berilayotgan ma’lumotlar ahamiyat kasb etishini ta’minlashlari zarur.


Yana bir gap, yuqorida keltirib o‘tilgan tuman va shaharlardagi taqdimotlardan so‘ng viloyat rahbari tomonidan ochiq muloqotlarda aholi va tadbirkorlar muammolari tinglanib, har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mavzuga doir: Viloyat hokimi fuqarolar murojaatlarini nega yonida olib yuradi?

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.

08-04-2021 |
Foto galereya