Shuhratali Imomov 1977-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U 2012-yilda mehnat faoliyatini Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida boshlagan. Keyinchalik Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining rejim va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, Ohangaron shahar prokuraturasi prokuror yordamchisi, Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari davlat soliq inspeksiyasi rahbari va boshqa ko‘plab lavozimlarda ishlagan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

10-08-2023 |
Foto galereya