Bugun Qarshi shahrida viloyatimizda o‘tgan yildan boshlab o'tkazib kelinayotgan “Istiqbolli IT-loyihalar” (Ideathon) ko'rik-tanlovining joriy yildagi 1 va 2-mavsum g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali taqdirlash jarayonlarida so'zga chiqqan viloyat hokimi Murotjon Azimov so'ngi yillarda prezidentimiz tomonidan IT sohasiga qaratilayotgan e'tibor va bu islohotlarning Qashqadaryodagi amaliy natijalari haqida to'xtalib, barcha tanlov ishtirokchilari va g'oliblarini samimiy tabriklagan holda kelgusidagi loyihalariga zafarlar tiladi.

Shundan so'ng, sektor rahbarlari va viloyatimizdagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirokida tanlovning g'olib-sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyat hokimi Murotjon Azimovning yoshlar bilan ochiq muloqoti ham tashkil etilib, unda vohamiz yoshlarining bu boradagi imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida ularning taklif va muammolariga alohida e'tibor qaratildi.

Viloyat hokimi bildirilgan har bir masalalar bo'yicha amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berdi.

19-12-2023 |
Foto galereya