Tumanda ish boshlagan Italiyaning “Cotonella” brendi tomonidan 1-bosqichda 1,2 mln. yevro investitsiya jalb qilindi va yiliga 1 mln. dona tayyor ayollar kiyim-kechaklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Korxonada bugungi kunda 80 nafar ish o‘rinlari yaratilgan. Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘tgan davrda 185 ming dollarlik tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari Yevropaga eksport qilingan.

Filial ochilishida viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etib, Yevropadagi taniqli kompaniyalarning Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqarish korxonalari ochishi katta yutuq ekanini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun, “Cotonella” korxonasi - Qashqadaryo viloyatida Italiya kapitali ishtirokidagi dastlabki korxona hisoblanadi.

17-04-2024 |
Foto galereya