Siz uchun ajoyib imkoniyat!

“Yashil energetika” sohasida o‘z biznesingizni boshlash niyatida bo‘lsangiz, biz Sizlarni Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasiga taklif qilamiz.

Bu yerda barpo etilayotgan “Solar Cluster” loyihasi uchun investorlarni hamkorlikka chorlaymiz. "Solar Cluster" majmuasi joylashgan hudud Qarshi xalqaro aeroportining shundoqqina yonginasida joylashgan bo'lib, bu logistika jihatidan siz uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, loyihaga kiritilayotgan investitsiya hajmiga qarab, tadbirkorlar 3 yildan 10 yilgacha, yer, foyda, mol-mulk soliqlaridan va bojxona to'lovlaridan ozod etiladi.

Xo’sh, bu borada yana qanday imtiyoz va qulayliklar berilmoqda? Batafsil ma'lumotni quyidagi havola orqali https://www.youtube.com/watch?v=rRBB8L8edn4 olishingiz mumkin.

30-05-2023 |
Foto galereya