Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Gʻuzor tumanida bo‘lib, tashrif davomida asosiy e’tibor hududda yo‘lga qo‘yilayotgan zamonaviy transport-logistika markazi faoliyatiga qaratildi. 
 
Loyiha tashabbuskori – “Buyuk Amir logistics” MCHJ. Markazni tashkil etishga 7,5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya mablag‘i yo‘naltiriladi. Natijada 200 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. 
 
Markaz yuklarni saqlash va saralash imkonini beradi va 5000 kv.mdan iborat muzaltgichni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, loyiha doirasida tumandagi eski avtobaza hududi markaz uchun ajratilgan va Xalqaro yuk tashishga mo‘ljallangan 23 ta fura olib kelingan bo‘lib, kelgusida qo‘shimcha yana 30 ta maxsus jihozlangan transport vositalari keltiriladi.
05-05-2022 |
Foto galereya