Qashqadaryo viloyati hokimligida 61 nafar keksa avlod vakillarini Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan I va II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq taʼsis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya hamda boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, ishlamaydigan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida masʼuliyat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Murotjon Azimov “Mehnat faxriysi” nishonlari va pul mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.

21-08-2023 |
Foto galereya