“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali direktori Anvar Muzapov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Dehqonobod tumanining “Oqmachit” mahallasidagi o‘zi tahsil olgan 78-maktabga 500 tup mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarni yetkazib berdi va ekish ishlarida faol ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Murotjon Azimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari tashabbus bilan chiqib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘zlari tahsil olgan maktab va bog‘chalarga 100 donadan 500 donagacha daraxt ko‘chatlari ekishini aytgandi.

15-11-2023 |
Foto galereya