Viloyat hokimi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat kengashi raisi Murotjon Azimov navbatdagi yig‘ilishda joriy yil 9 oyida viloyatda 552 ta korrupsion jinoyatlar sodir etilib, ushbu toifadagi jinoyatlar 2021-yilga nisbatan 114 taga oshganini ochiqlar ekan shunday dedi:

- Korrupsiyani olini olishda raqamni katta-kichikligi muhim, - dedi kengash raisi. - Bu sohada raqam o‘z so‘zini aytadi. O‘tgan 9 oy davomida tegishli organlar bilan birgalikda sohalarni korrupsiyadan tozalashni jadallik bilan olib bormaganimizda ko‘plab mablag‘lar o‘z-o‘zidan poraxo‘rlarni cho‘ntagiga tushgan bo‘lar edi. Biz shu mablag‘larni davlatga qaytardik. Davlat esa xalq farovonligiga sarflash orqali xalqni rozi qilishdan manfaatdor.

Prezidentimiz ham «Tasavvur qiling, davlat qanchadan-qancha pullarni yo‘qotmoqda! Bu pulga qancha maktab, qancha bog‘cha va yo‘l qurish mumkin edi. Nimaga bu pullar davlatga emas, kimlarningdir cho‘ntagiga tushmoqda?», deya ko‘p bora taʼkidlaganlar. Men ham Prezidentimizga bergan vaʼdamni bajarishim kerak.

Shuningdek, Murotjon Azimov bu davrdagi korrupsion jinoyatlarga to‘xtalar ekan, boshqa bir jihatga ham eʼtibor qaratdi:

Masalan, qonunchilikda davlat fuqarolik xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taʼqiqlangan bo‘lsada, hokimlik, moliya va g‘aznachilik boshqarmasi xodimlaridan 34 nafari tadbirkorlik subyektlarida taʼsischi yoki rahbar sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan, 1 tasi hokim, 16 tasi hokim o‘rinbosari, 4 tasi hisobchi, 3 tasi yurist, 1 tasi kadrlar tarmog‘i rahbari, 2 tasi hokim yordamchisi, 1 tasi matbuot kotibi (PQ-4366 qaror bo‘yicha rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan), 2 tasi moliya bo‘limi boshlig‘i, 4 tasi moliya va g‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hisoblanadi.

25-11-2022 |
Foto galereya