Viloyat hokimi Murotjon Azimov xorijiy davlatlardagi Favqulotda va muxtor elchilar bilan savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlik aloqalari kengaytirish maqsadida onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Taʼkidlanishicha, o‘tgan oylarda Vengriya (Yojef Roja) va Turkiya (Salix Janer) davlatlari elchilari, Xitoy, Buyuk Britaniya, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Belorussiya va Щveysariya kabi davlatlardan yirik investorlar vohamizga tashrif buyurgan.
Yurtimiz elchilarining ko‘rsatgan amaliy yordamlar natijasida o‘tgan yilda viloyatimiz delegatsiyalari 10 dan ortiq davlatlarga amaliy tashrif bilan borishdi. Misol uchun, Xitoy, Rossiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Avstriya, Malayziya, Ozarbayjon va Tojikiston kabi davlatlar shular jumlasidandir.
Uchrashuvlar davomida bir qator ekspotbop mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish masalalari ham muhokama qilindi. Jumladan, Ko‘kdala va Koson tuanlarimizda 25 ming gektar maydonlarda ertapishar tarvuzni tayyorlash bo‘yicha ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Respublikamizda eng birinchi tarvuz Qashqadaryoda yetishtiriladi. O‘tgan yili qariyb 5 mln. dollarlik tarvuz eksporti amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, mosh, loviya, fasol, uzum, gilos, o‘rik, karam, qovun, pamidor va bodring kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham joriy yil tumanlarda "Bir hudud - bir mahsulot" tamoyili asosida yetishtirilmoqda.
Shuningdek, elchilar bilan uchrashuvda taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm kabi bir qator masalalarga ham to‘xtalib, barcha yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni joriy etish hamda ekspot masalalarida dunyo davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni amalga oshirishda elchilarimizning o‘rni beqiyos ekanligi taʼkidlandi.