Turkmanistonning davlatimizdagi elchisi Yaskuli Mammedov viloyatimizda bo‘ldi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va elchi janoblari o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvdan so‘ng hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tinishildi. Shuningdek, Yaskuli Mammedov Qarshi tumanidagi “Abu Mu’in Nasafiy” ziyoratgohida bo‘lib, u yerda so‘ngi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va ajdodlarimizning qoldirib ketgan boy tarixiy meroslari haqida batafsil ma’lumot berildi.
 
 
Shuningdek, Pomuq shaharchasida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida turli millat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan bayram dasturiga borgan elchini Sohibqiron Amir Temur siymosi kutib oldi.
 
- Tarixiy davrga tushib qolgandek bo‘ldim, - deydi elchi janoblari. - O‘zbekistonda nafaqat turkman, balki, boshqa millat vakillariga ham bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yana bir bor o‘z isbotini topdi. Qardosh xalq sifatida ikki millat vakillarining do‘stona munosabati meni quvontirdi. Markazdan ancha uzoq bo‘lgan shaharchaning xonadonlarida bo‘lib, o‘z elimga tushib qolgandek bo‘ldim.
 
 
Shu bilan birga, bayram tadbirlari doirasida ko‘rgazmali pavilonlar ham tashkil etilib, kurash va velomarafon bo‘yicha sport musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi.
 
 
Shaharchada olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan elchi janoblari katta tassurotlar bilan Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.
27-09-2021 |
Foto galereya