Mazkur o‘quv-amaliy seminar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga qat’iy rioya etish va shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirgan holda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tashkil etildi.
 
 
Seminarda viloyat adliya boshqarmasi va tegishli mas’ullar tomonidan Prezidentning PQ-5132-sonli Qarori va hukumat topshiriqlarini rasmiylashtirish hamda ularning ijrosini tashkil etishda AKTdan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mas’ullar viloyat hokimligiga kelib tushayotgan fuqarolar murojaati ijro holati va Collective.uz elektron tizimi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.
 
 
Savol-javoblarga boy bo‘lgan seminarda ishtirokchilarning taklif va mulohazalari e’tiborga olinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
 
16-03-2022 |
Foto galereya