Davlat rahbari tomonidan joriy yil 15-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, Chiroqchi tumanining “Dodiq” va “Chiljivut” qishloqlarida mos ravishda 120 va 90 nafar qamrovga ega 21- hamda 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
 
 
Shuni alohida aytish joizki, mazkur dargohlar faoliyati ortidan 50 nafarga yaqin doimiy ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz aholi bandligi ta’minlandi. Ma’lumot uchun, umumiy hisobda 5 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘lar evaziga to‘liq ta’mirdan chiqarilgan bog‘chalarda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”dagi oila farzandlari imtiyozli ravishda qabul qilinadi.
 
19-01-2022 |
Foto galereya