Tumanda bu yil pillakorlar tomonidan 3 ming 327 quti ipak qurti parvarishlanib, 190 tonna “kumush tola” yetishtirildi va reja bajarildi.

– Davlatimiz rahbarining e’tibori tufayli pillachilik tarmog‘i jadal rivojlanmoqda, – deydi tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Zokir Ishaliyev. – Bunda eksport imkoniyatlari yildan yilga yaxshilanib borayotgani, mehnat qonunchiligida alohida imtiyozlar joriy etilayotgani, ipak qurti boqish aholining doimiy daromad manbaiga aylanayotgani ahamiyatlidir.

Shuningdek, tumanda o‘rtacha hosildorlik 57,0 kilogrammni tashkil etgani holda pilla terimi davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, viloyatda birinchilardan bo‘lib Mirishkor, Qamashi, Ko‘kdala va Gʻuzor tumanlarida pilla rejalari bajarilgan.

18-06-2022 |
Foto galereya