Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov Belorussiyaning Vitebsk viloyat ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Nikitina Anjelika Aleksandrovna boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot davomida iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, turizm, IT va sport sohalarida muzokaralar olib borilib, ayniqsa, onkologiya, bolalar xirurgiyasi, transplantologiya va endokrinologiya yo‘nalishlarida samarali hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Prezident: "Har bir ona va bola o‘limi “favqulodda holat” deb baholanadi va so‘rov shunga yarasha bo‘ladi".

Maʼlumki, kecha Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham onalar va go‘daklar o‘limini oldini olish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Delegatsiya aʼzolari bugun Qarshi shahridagi Ona va bola markazi, Kardiologiya va Onkologiya markazlarida ham bo‘lishadi.

Maʼlumot uchun, Vitebsk viloyati ijroya qo‘mitasi raisi (hokimi) A.M.Subbotin boshchiligidagi delegatsiya 2022-yil ham vohamizga kelgan edi.

06-02-2024 |
Foto galereya