Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi, Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish, moliyaviy intizomni kuchaytirish, byudjet daromadlarini oshirish va energiya resurslaridan qonuniy foydalanish bajarilgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi va joriy yilning 30 aprel kuni bu borada masʼullar xisoboti eshitildi.

Tadbirda Agentlik direktori o‘rinbosari Talʼatjon Haydarov, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, mahalliy kengash deputatlari ishtirok etishdi.

Taʼkidlanganidek, joriy yilning 22 aprel kuni hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan hududiy tashkilotlar rahbarlari orasida korrupsiya jinoyatlari tez-tez uchrayotganligi keskin tanqid qilindi. Bu borada qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligi prinsiplari so‘zsiz taʼminlanishi ham alohida taʼkidlandi.

Yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan 2020 yil 30 noyabrda viloyatda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, uni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bandlari ijrosi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, Davlat rahbari, Oliy Majlis va Hukumat tomonidan korrupsiya illatini bartaraf etish bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilayotganiga qaramay, Qashqadaryo viloyatida bu boradagi yondashuv talab darajasida emas. Jumladan, hozirgi kunda “yo‘l xaritasi”ga kiritilgan viloyat darajasida ijrosi taʼminlanishi lozim bo‘lgan 13 ta chora-tadbirdan 8 tasi o‘z muddatlarida bajarilyotgan bo‘lsa, 4 tasi bo‘yicha ijro muddatlari buzilgan.

Qashqadaryo viloyatida maktabgacha taʼlimxalq taʼlimiobodonlashtirish hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohalarida ham pul mablag‘lari va moddiy boyliklar kamomadi, mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari ko‘plab aniqlangan.

Shuningdek, noqonuniy harajatlar va ortiqcha to‘lovlarning asosiy qismi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishxalq taʼlimiobodonlashtirish sohalari hamda Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu muammoli masalalarni atroflicha muhokama qilish, soha rahbarlari maʼsuliyatini ko‘rib chiqish, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq choralar belgilab olish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga birorta masala taqdim etilmagan. O‘z navbatida deputatlar tomonidan ham ushbu topshiriq ijrosi bo‘yicha biron tashabbus ko‘rsatilmagan.

Bundan tashqari “yo‘l xaritasi” bilan korxona va tashkilotlarda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilinishi holatini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida har oyda muhokama qilib borish tizimini joriy qilish belgilangan.

“Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganidan 4 oy o‘tganiga qaramay, bu boradagi muammolar ham xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama qilinmagan.

Yig‘ilish davomida shu kabi masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi hamda Qashqadaryo viloyatida korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati rahbari,
Ahror Sodiqov.

30-04-2021 |
Foto galereya