Qashqadaryo viloyatining Qo‘ng‘irtog‘ etaklarida viloyat hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondonligi tashabbusi bilan "Amir Temur o‘g‘lonlari viloyat hokimi sovrini uchun ko‘rik-tanlov, xalq sayli va vatanparvarlik festivali tashkil etildi.

Unda harbiy xizmatchilar, hududdagi kuch tuzulmalari, korxona va tashkilot vakillari, san’at, madaniyat xodimlari, ta’lim maskanlari o‘quvchi-yoshlari hamda ko‘p sonli aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida «Eng kitobxon harbiy», «Eng mahoratli ijodkor», Maqom, Baxshichilik va dostonlik, Tasviriy san’at, Teatr san’ati va aktyorlik mahorati yo‘nalishi hamda Chavandozlik mahorati bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.

Shuningdek, harbiy-texnika va qurol-aslahalarning ko‘rgazmasi, harbiylarning qo‘l jangi bo‘yicha chiqishlari namoyish etildi.

Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

08-04-2021 |
Foto galereya