Mamlakatimizning kelgusi 7 yillikdagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir “Yuksalish” umummilliy harakati hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, viloyat hokimligi mas’ullari, viloyatdagi keng jamoatchilik faollari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiya loyihasi barcha sohalarni qamrab olgan 5 ta ustuvor yo‘nalishdagi va 100 ta maqsad doiraisida umumiy qiymati 252,2 milliard dollarlik tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Tadbir so‘nggida viloyat faollari tomonidan strategiyasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

11-08-2023 |
Foto galereya