10-iyun kuni Qarshi shahrida «Tashabbus-2021» ko’rik tanlovining respublika bosqichining yo’llanmalarini qo’lga kiritish maqsadida 73 nafar tuman (shahar) bosqichlarining birinchi o’rin g’oliblari viloyat bosqichida o’z ko’rgazmalari bilan va erishgan natijalari bo’yicha viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda poytaxtdan tashrif buyurgan tadbirkorlar va hakamlar hay’ati oldida taqdimotlarini o’tkazishdi.

Mazkur respublika ko’rik tanlovining viloyat bosqichida hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi natijalar e’lon qilindi va 1-o’rin sohiblari tanlovning respublika bosqichiga yo’llanmalarni qo’lga kiritishdi:

«Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori»yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sohibi «RADIANT SILK» MChJ Sayliyev Jamol Kamolovichga,

«Xizmat ko’rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori» yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sohibi «KOSON TRANS SERVIS» MChJ Husanov Javlon Jalol o’g’li,

«Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sohibi «MY COM LTD ShOYES» MChJ Shoyqulov Umirjon Ilhom o’g’li,

«Yilning eng yaxshi hunarmandi» yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sohibi YATT «Raupov Sharif Bayramali o’g’li» Raupov Sharifjon Bayramali o’g’li,

«Yilning eng yaxshi fermeri» yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sohibi «Nishon ko’zgu» fermer xo’jaligi Uzoqov Sherzod Shermatovich munosib deb topildi.

Ko’rgazma yakuni bo’yicha g’olib-sovrindorlar va ko’rik tanlovda faol ishtirok etgan tadbirkorlar Savdo-sanoat palatasi rahbariyati hamda viloyat hokimligi tomonidan maxsus diplom, Tashabbus statuetkasi va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

11-06-2021 |
Foto galereya