Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 11-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Chiroqchi tumanini ikkiga bo‘lish taklifi bilan chiqqandi. Shu kunga qadar yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanida bir qancha xizmat ko‘rsatish hamda ma’muriy binolar yangidan qurib foydalanishga topshirildi.

Ko‘kdala tumanidagi ana shunday yangidan barpo qilinib, foydalanishga topshirilgan ma’muriy binolardan biri tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosidir.

Yangi binoning ochilish marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov va viloyat sektor rahbarlari ishtirok etdi. Marosimda bo‘lim shaxsiy tarkibiga eng so‘ngi zamonaviy rusumdagi yong‘in-qutqaruv avtomobili ham topshirildi.

Ushbu binoning ochilishi “Yangi yil” bayrami oldidan soha xodimlari uchun munosib tuhfa bo‘ldi. Yangi bo‘lim yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari uchun zamonaviy asbob-anjomlar va bugungi kun talabiga mos keladigan shinam o‘quv xonalari, yotoqxonalar, o‘quv minorasi va sport zali kabi zamonaviy xizmat xonalari bilan jihozlangan.

O’tkazilgan tadbir jarayonida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

26-12-2023 |
Foto galereya