Qarshi shahrida “Bu qutlug‘ zaminda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqgan viloyat hokimligi va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi rahbariyati tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ehtiyojmand oilalarda yashayotgan, ayniqsa nogiron hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar shaxsan davlat rahbarining doimiy eʼtiborida ekanligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, "Mehr daftari” platformasiga kiritilgan 160 nafar yoshlar va bolalarning o‘z orzu-istaklarini amalga oshirish hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida "Mehr daftari" jamg‘armasi hisobidan kompyuter (noutbuk), tikuv mashinalar, televizor va elektropechlar taqdim etildi.

Maʼlumot uchun, viloyatimizda 1265 nafar yoshlar “Mehr daftari” platformasiga kiritilgan bo‘lib, ularning 400 nafardan ortig‘ining qiziqishlari va muammolari o‘rganilgan holda yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan.

15-12-2022 |
Foto galereya