Fuqaro murojaati ko`rib chiqish
 
 
 
 
 
 
 
 
2021-yil davomida viloyat, shahar va tuman hokimliklari tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari to‘g‘risida
MA’LUMOT

2021-yilda viloyat, shahar va tuman hokimliklariga jami 87 512 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 36 606 tasi virtual qabulxona orqali berilgan. Ularning 29985 tasi og‘zaki, 20343 tasi yozma, 578 tasi elektron murojaatlarni tashkil etadi.

Hisobot davrida viloyat, shahar va tuman hokimlari tomonidan 45 017 nafar, ularning o‘rinbosarlari tomonidan 15 920 nafar fuqaro qabul qilindi. Fuqarolarning 2238 tasi bevosita hokimliklar idoralarida, 10274 tasi sayyor qabullarda va 3408 tasi Xalq qabulxonalari orqali qabul qilindi.

Bevosita hokimlik idoralariga kelib tushgan 87 512 ta murojaatning 36 606 tasi (41,8 foizi) virtual qabulxona orqali kelib tushdi. Shundan, 53 322 tasi yoki 60,9 foizi nazorat tartibida ko‘rilib, 5,7 foizi tegishligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi va 1 foizi rad etildi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan joylarda murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash, tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hisobot davrida murojaatlar bilan ishlash yuzasidan quyi tashkilotlarda 165 ta o‘rganishlar o‘tkazildi. Unda ayrim murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun talablarini to‘liq bajarilmaslik, muddatlar buzilganligi, murojaatlarda ko‘rsatilgan barcha holatlar to‘liq tekshirilmaganligi, tekshirish natijalari bo‘yicha muallifga batafsil tushuntirish berilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan viloyat va shahar, tuman hokimliklarining mas’ul xodimlariga nisbatan belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanildi.  

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar va tuman hokimliklariga amaliy yordam ko‘rsatish  maqsadida 65 ta seminar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ko‘p tushayotgan va takroriy murojaatlar tahlil qilinib, shahar va tuman hokimliklariga, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va boshqa tashkilotlarga tegishli taklif hamda topshiriqlar yuborildi.

Murojaatlarning aksariyati ishga joylashish, moddiy yordam va nafaqa olish, bepul uy-joy bilan ta’minlash, uy-joyini, yo‘llarni, va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlarni ta’mirlash, fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer maydoni ajratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalar bilan bog‘liq.

Mazkur toifadagi murojaatlar bilan manzilli ishlash maqsadida viloyatda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, arzon uy-joylar qurish, kam ta’minlangan hamda yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashda e’tibor qaratilmoqda.

Hisobot davrida murojaatlar bilan ishlash tartibi, takroriy murojaatlar va ularning yechimlari borasida ommaviy axborot vositalarida 2248 marta, shundan, 565 marta televideniye va radio, 226 marta gazeta va jurnallarda, 1199 marta elektron va 250 marotaba hokimiyat veb-saytlarida chiqishlar qilindi.

Viloyat hokimligi murojaatlar
bilan ishlash bo'limi boshlig'i
E.Nazarov
 
 
Qashqadaryo viloyati 2020-yilda viloyat shahar va tuman hokimliklari tizimida jismoniy va yuridik shaxslarni vakillarining og‘zaki va yozma murojaatlari to‘g‘risida
MA’LUMOT
 
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha berilgan topshiriqlarning bajarilishini monitoring qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Viloyat hokimligi mas’ul xodimlari shahar va tumanlar hokimliklarida, barcha davlat tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlashning holatini o‘rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga  amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. 
 
Murojaatlar bilan ishlashda asosiy e’tibor barcha shahar va tumanlar hokimliklarida, muassasalarda va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunini ijrosini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlariga qaratilmoqda.
 
2020-yilning 12 oyida viloyat hokimligi tizimi (shahar va tuman hokimliklari bilan qo‘shilgan holda)ga jami 65 306 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu murojaatlarning 24 385 tasi virtual qabulxona orqali bo‘lgan. Bevosita hokimliklarga kelib tushgan murojaatlarning 22 940 tasi og‘zaki, 13 531 tasi yozma, 4 450 tasi elektron murojaatlarni tashkil etgan. Bu vaqtda viloyat, shahar va tuman hokimlari tomonidan 18 525 nafar, o‘rinbosarlari tomonidan 13 288 nafar fuqaro qabul qilingan. Fuqarolarning 4 618 tasi bevosita hokimliklar idoralarida, 6 424 tasi sayyor qabullarda va 2 246 tasi Xalq qabulxonalarida qabul qilingan.
 
Bevosita hokimlik idoralariga kelib tushgan 40 921 ta murojaatning virtual qabulxona orqali kelgan 24 385 ta murojaat 59,5 foizini tashkil etadi. Shundan 32 332 tasi yoki 79,1 foizi nazorat tartibida ko‘rilib, qanoatlantirilgan, tegishligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga 19,5 foizi yuborilgan, 1,0 foizi rad etilgan.
 
Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan joylarda murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash, tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
 
Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda takroriy murojaatlarning oldini olish choralari ko‘rilgan.
 
Hisobot davrida murojaatlar bilan ishlash yuzasidan qo‘yi tashkilotlarda 207 marotaba o‘rganishlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar jarayonida ayrim murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun talablarining to‘liq bajarilmaslik holatlari, jumladan ko‘rib chiqish muddatlari buzilganligi, murojaatlarda ko‘rsatilgan barcha holatlar to‘liq tekshirilmaganligi, tekshirish natijalari bo‘yicha muallifga batafsil tushuntirish berilmaganligi, murojaatlar bilan ishlash holatlari talab darajasida muhokama qilib borilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar aniqlangan.
 
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar va tuman hokimliklariga amaliy yordam ko‘rsatilgan, 121 marotaba seminar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan. Ko‘p tushayotgan va takroriy murojaatlar 133 marotaba tahlil qilinib, shahar va tuman hokimliklariga, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va boshqa o‘rganilgan tashkilotlarga tegishli taklif hamda topshiriqlar yuborilgan.
 
Murojaatlarning aksariyati ishga joylashish, moddiy yordam va nafaqa olish, bepul uy-joy bilan ta’minlash, uy-joyini, yo‘llarni va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlarni ta’mirlash, fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer maydoni olish, sog‘ligini tiklash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq murojaatlardir.
 
Mazkur toifadagi murojaatlarni kamaytirish maqsadida viloyatda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, arzon uy-joylar qurish hamda kam ta’minlangan oilalar va yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.
 
2020-yilning 12 oyida murojaatlar bilan ishlash tartibi, takroriy murojaatlar va ularning yechimlari borasida 2 829 marotaba ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilingan.
 
Jumladan, 828 marotaba televideniya va radioda, 311 marotaba gazeta va jurnallarda, 1 172 marotaba elektron OAVda va 518 marotaba hokimiyat veb-saytlarida chiqishlar qilingan. Hisobot davrida murojaatlar bilan ishlash madaniyatini yanada oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirishlar olib borishga e’tibor qaratilgan.
 
Bu chiqishlarda amaldagi qonunlar va yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda jismoniy va yuridik shaxslar qaysi masala bo‘yicha qayerga, kimga va qanday hujjatlar bilan murojaat qilishligi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan. Aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishga e’tibor qaratilgan.
 
Viloyatda murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari va Respublika idoralari bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish hamda takroriy ravishda tushayotgan murojaatlar bo‘yicha qonuniy va asosli to‘xtamga kelish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Aholining murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb va tizimli muammolarini hal etish, murojaatlar bilan ishlashning holati bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish, natijalari bo‘yicha aholini xabardor qilib borish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
 
Viloyat hokimligi ishlar
boshqarmasi bosh mutaxassisi
E.Nazarov
 
 
2020-yilning yanvar-mart oylarida viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
 
Viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash borasida maqsadli ishlar olib borilmoqda.
 
2020-yilning I choragida viloyat hokimligi, shahar va tumanlar hokimliklari tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil etildi.
 
Viloyat hokimligining 2020-yil I yarim yili uchun mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Qarshi va Gʻuzor tumanlari hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning ahvoli o‘rganildi.
 
2020-yilning I choragida viloyat hokimligi tizimi (shahar va tuman hokimliklari bilan qo‘shilgan holda)ga jami 20472 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu murojaatlarning 5557 tasi virtual qabulxona orqali bo‘lgan.
 
Bevosita hokimliklarga kelib tushgan murojaatlarning 6783 tasi og‘zaki, 4924 tasi yozma, 208 tasi elektron murojaatlarni tashkil etgan. Hisobot davrida viloyat hokimligiga bo‘lgan yozma murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 taga kamaygan. Shu bilan birga og‘zaki va elektron murojaatlar 135 taga ko‘paygan.
 
Hisobot davrida viloyat, shahar va tuman hokimlari tomonidan 4357 nafar, o‘rinbosarlari tomonidan 5426 ta fuqarolar qabul qilingan. Fuqarolarning 1757 tasi bevosita hokimliklar idoralarida, 5726 tasi sayyor qabullarda va 2300 tasi Xalq qabulxonalarida qabul qilingan.
 
Bevosita hokimlik idoralariga kelib tushgan 14915 murojaatlarning 6338 tasi qanoatlantirilgan, 3597 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 75 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 89 tasi qonun talablariga asosan rad etilgan, 4316 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
 
Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 5557 ta murojaatning 3076 tasi qanoatlantirilgan, 1036 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 28 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 17 tasi qonun talablariga asosan rad etilgan, 407 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
 
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda qonun talablarini buzgan 8 nafar Gʻuzor tumani hokimligining mas’ul xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilgan.
 
2020-yilning I choragida shahar va tumanlar hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarning 12559 ta murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, utgan yilning shu davriga nisbatan 1423 taga ko‘paygan. Jumladan, murojaatlar Qarshi tuman hokimligida 678 taga, Kasbi tuman hokimligida 234 taga, Qamashi tuman hokimligida 219 taga, Shahrisabz shahar hokimligida 193 taga, Koson tumani hokimligida 113 taga, Nishon tuman hokimligida 73 taga ko‘paygan.
 
Shahar va tumanlar hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har doim ham qonun talablariga binoan adolatli ko‘rib chiqilishi ta’minlanmagan, hokimlar tomonidan nazorat ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmagan, joylarda muammolar o‘z vaqtida aniqlanmagan yoki ularni hal etish choralari ko‘rilmagan. Bu esa o‘z navbatida murojaatlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
 
Hususan, viloyat hokimligiga eng ko‘p murojaatlar Qarshi shahri (437 ta yoki 18,5 foiz), Dehqonobod (265 ta yoki 11,2 foiz), Chiroqchi (214 ta yoki 9,1 foiz), Qarshi (212 ta yoki 9,0 foiz) va Gʻuzor (192 ta yoki 8,2 foiz) tumanlari aholisidan tushgan. Jumladan, shahar va tuman hokimliklari tomonidan virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 5195 ta murojaatlarning 76 tasi qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmagan. Ushbu qonun buzulishi holatlariga Kasbi tumani (12 ta)da, Qarshi tumani (8ta)da, Chiroqchi tumani (7ta)da va Shahrisabz shahri (6 ta)da yo‘l qo‘yilgan.
 
Masalan, Gʻuzor tumani hokimligida o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar murojaatlarni ko‘rib chiqishda tuman hokimligi mas’ul xodimlari va tashkilot rahbarlari tomonidan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi. Jumladan, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan 1 ta, tuman hokimining kapital qo‘rilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 5 ta, tuman hokimining qishloq va so‘v xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 1 ta va tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2 ta murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini buzilgan. Masalan, Chuqurtma mahalla fuqarolar yig‘ini, Nurafshon qishlog‘idan X. Qarshiyevning oilaviy sharoiti og‘irligini e’tiborga olib ishga joylashtirish, “Farzabonu yulduzi” MCHJ raisi O.Kazakovning yer maydoni bo‘yicha aniqlik kiritish, Halqabod qishlog‘idan Q.Alisherovning bo‘sh turgan binoni qonuniy xujjatlashtirish kabi murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari bir oydan o‘tkazib yuborilgan.
 
Murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmasligi, hokimliklar va xududiy idoralarning rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan mavjud muammolarning yechimlarini topish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilmaganligi oqibatida hisobot davrida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan viloyat hokimligiga bo‘lgan murojaatlar soni bank kredit masalalari bo‘yicha 63 tadan 83 taga, tadbirkorlik masalalari 81 tadan 119 taga, qurilish masalalari 94 tadan 118 taga, xalq ta’limi masalalari 43 tadan 51 taga, mahallaga oid masalalar 70 tadan 104 taga, huquq-tartibot organlariga taalluqli masalalar 36 tadan 63 taga ko‘paygan.
 
Murojaatlarning aksariyati uy-joy va uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish, bepul uy-joy bilan ta’minlash, uy-joyini, yo‘llarni, va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlarni ta’mirlash, fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi olish, ishga joylashish, moddiy yordam va nafaqa olish, sog‘ligini tiklash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq murojaatlardir. Bevosita viloyat hokimligiga bo‘lgan murojaatlarning 282 tasini (12,0 foiz) ish, ish haqi va imtiyozlar, 335 tasini (14,2 foiz) moddiy yordam va nafaqa olish, 548 tasini (23,3 foiz) uy-joy, yer uchastkasi olish, uylarini ta’mirlash, 149 tasini (0,6 foiz) fermer xo‘jaligi masalalari bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etgan.
 
Mazkur toifadagi murojaatlarni kamaytirish maqsadida viloyatda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, arzon uy-joylar qurish hamda kam ta’minlangan oilalar va yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.
 
2020-yilning I choragida murojaatlar bilan ishlash tartibi, takroriy murojaatlar va ularning yechimlari borasida 1837 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilingan. Jumladan, 555 marotaba televideniya va radioda, 206 marotaba gazeta va jurnallarda, 880 marotaba elektron OAVda va 196 marotaba hokimiyat veb-saytida chiqishlar qilingan. Hisobot davrida murojaatlar bilan ishlash madaniyatini yanada oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirishlar olib borishga e’tibor qaratilgan.
 
Viloyatda murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borishni tizimli tashkil etish bo‘yicha alohida dastur asosida ish olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Aholining murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb va tizimli muammolarni hal etish, murojaatlar bilan ishlashning holati bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilib, natijalari bo‘yicha aholini xabardor qilib borish yo‘lga qo‘yilgan.
 
Viloyat hokimligi ishlar
boshqarmasi bosh mutaxassisi
E.Nazarov
 
 
 
 
Axborotdan foydalanuvchi Qashqadaryo viloyati hokimligiga og'zaki, yozma yoki elektron hujjat shaklida so'rov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi so'rovlar davlat organlarining rasmiy veb-saytlari, rasmiy elektron pochta manzillari yoki O'zbekiston Respublikasi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali taqdim etiladi.

 
 
 

2019 yilning 6 oyida Qashqadaryo viloyat hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslardan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali tushgan murojaatlar tо‘g‘risida

MA’LUMOT

 

Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar Muddati buzilgan
Jami Qanoatlan-tirilgan Tushuntirish berilgan Tegishliligi bo`yicha yuborilgan Rad etilgan Kо‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim deb topilgan Ko`rib chiqilmoqda
1 2 3 4 5 6 7 8
69 21 43 0 1 0 4 0
Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar Muddati buzilgan
Jami Qanoatlan-tirilgan Tushuntirish berilgan Tegishliligi bo`yicha yuborilgan Rad etilgan Kо‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim deb topilgan Ko`rib chiqilmoqda
9 10 11 12 13 14 15 16
694 254 344 0 20 5 71 8

 

 

Yangilandi: 2024-01-17