2019 yil 26 may kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar-о‘smirlar gimnastika sport maktabida 2019 yil 19 martdagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarni bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish va ijtimoiy-ma’naviy sohadagi ishlarini yangi tizim asosida yо‘lga qо‘yish bо‘yicha beshta muhim tashabbusning ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bо‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat badiiy gimnastika federatsiyasi bilan hamkorlikda sportning badiiy gimnastika turi bо‘yicha 2004-2014 yillarda tug‘ilgan qizlar о‘rtasida viloyat Sport malikalari musobaqasi о‘tkazildi.

Ushbu musobaqada mezbon Qashqadaryo viloyati sportchilaridan tashqari Toshkent va Buxoro viloyatidan kelgan 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishib, umumjamoa hisobida:

1-о‘rinni Qashqadaryo viloyati

2-о‘rinni Buxoro viloyati

3-о‘rinni Toshkent viloyati gimnastikachilari egallashdi.

Yakuniy natijalarga kо‘ra g‘olib, sovrindor sportchilar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

 

31-05-2019 |
Foto galereya