Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning yanvar oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 354 ming 7 nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan 429,1 mlrd so’m miqdoridagi mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq o'tkazib berildi.

Aytish kerakki, bugungi kunga kelib pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 308,2 mlrd so’m mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya va nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib beriladi.

Naqd ko'rinishidagi pensiya to'lovlarini tarqatish ishlari ayni kunlarda boshlanganini ma'lum qilamiz.

Murojaat uchun telefon: 787710457

05-01-2024 |
Foto galereya