Yaponiyaning metal va metal buyumlarini qayta ishlash, energetika, sintetik mahsulotlarni qayta ishlash, uy-ro‘zg‘or buyumlari va sanoat texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan nufuzli tashkilotaridan biri “HANWA”ning oziq-ovqat, energetika va yangi biznes turlarini rivojlantirish sektori menejerlari boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyat hokimligi mas’ullari va yaponiyaliklar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, “HANWA” tashkiloti mutasaddilari tomonidan missiyaning asosiy maqsadi haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, viloyatda sanoat va ijtimoiy obyektlarni uzluksiz elektr-energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida muzokaralar olib borilgan holda Qashqadaryoning investitsiya salohiyati to'g'risida ham so'z borib, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishtirildi.

Shu bilan birga, viloyatda amalga oshirish mumkin bo‘lgan oziq-ovqat, tekstil, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, elektrotexnika, energetika sohalarida loyiha takliflari taqdim etildi.

27-09-2023 |
Foto galereya