Xususan, Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi 1-kotibi Sintaro Kavasima va mazkur davlatning “JETRO”, “Itochu Corporation”, “Mitsubishi Corporation”, “Sumitomo Corporation”, “Marubeni Corporation”, “Toyota Tsusho Corporation”, “Iryu & Itoga” va “JOGMEC” kabi nufuzli korporatsiya vakillari viloyatimizda bo‘lishdi.

Tashrif davomida viloyat hokimi Murotjon Azimov va yaponiyalik investorlar ishtirokida o‘zaro hamkorlik yuzasidan samimiy ruhda ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bunda tomonlar savdo, energetika, elektrotexnika, geologiya, kimyo, transport, turizm, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Viloyatning investitsiya salohiyati haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, kunchiqar yurt vakillari “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MCHJ va “Uzbekistan GTL” korxonalari faoliyati bilan tanishgan bo‘lsa, Shahrisabz shahrida ko‘hna Keshning tarixiy maskanlariga tashrif buyurishdi va shahar hokimligi masʼullari tomonidan hududning turizm salohiyati bo‘yicha to‘liq maʼlumotlar berildi.

21-09-2023 |
Foto galereya