Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VI chaqiriq 5-sessiyasi o‘tkazildi. Masofa saqlangan holda videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari va masʼullar ishtirok etdi.

Kun tartibida belgilanganidek, pandemiya davrida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida tuman va shaharlar kesimida shakllantirilgan ishsiz va kam taʼminlangan aholining ro‘yxatini ko‘rib chiqish, ularga ixtiyoriy tarzda tadbirkorlarni biriktirish, shuningdek aholi bandligini taʼminlash, muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishi ustidan jamoatchilik  nazorati o‘rnatish, ochiqlik va shaffoflik asosida amalga oshirilishini taʼminlashda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faol ishtiroki to‘g‘risidagi masalalar sessiya ishida muhokama qilindi.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining qarori qabul qilindi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Axborot xizmati

29-04-2020 |
Foto galereya