Qarorga ko‘ra, C1 darajasida ingliz tiliga o‘qitiladigan 2400 nafar, nemis tiliga o‘qitiladigan 700 nafar, “Bir million dasturchi“ loyihasida o‘qitiladigan 75000 nafar o‘quvchilar rejasini maktablar kesimida shakllantirish belgilangan.

Shuningdek, Oliy taʼlim yo‘nalishida ingliz tili bo‘yicha 810 nafar talabalarni C1 darajasida, nemis va boshqa tillar bo‘yicha 700 nafarini B2 darajasida, “Bir million dasturchi“ loyihasi doirasida 400 nafarini milliy va xalqaro sertifikatlarni olish ham ko‘zda tutilgan.

Yil yakuniga qadar “Yoshlar jamg‘armasi“ mablag‘lari hisobidan 300 nafar yoshlarni xalqaro professional IT-sertifikatlar bo‘yicha, 1600 nafar yoshlarni “Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi“ loyihasi bo‘yicha o‘qitish ishlari tashkil qilinadi.

Qarshi va Shahrisabz shaharlarida salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan holda, 1 tadan kibersport markazlari tashkil etiladi.

Qaror bilan batafsil tanishish: https://e-qaror.gov.uz/doc/1625196 

10-01-2024 |
Foto galereya