27 iyul kuni 204 nafar qashqadaryolik vohadoshlarimiz muqaddas Haj amallarini ado etish uchun Qarshi xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jо‘nab ketdi.

Shuningdek, surxondaryolik bо‘lg‘usi hojilar ham safarga Qarshi xalqaro aeroporti orqali yuborilmoqda.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va о‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori muqaddas islom dinining farz amallaridan biri bо‘lgan Haj va Umra ziyoratlarini yuqori saviyada tashkil etishda muhim dasturilamal bо‘lmoqda.

- Haj - buyuk ibodat, islom dini arkonlaridan biri, - deydi О‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatilla Usmonov. – E’tiborlisi, yurtimizda ushbu muqaddas amalni bajarish istagida bо‘lgan kishilar safi yildan-yilga ortib bormoqda.

Ziyoratchilar 32 kun davomida Saudiya Arabistonida bо‘lishadi, muborak shaharlar - Madinai munavvara hamda Makkai mukarramada Haj amallarini ado etishadi. Ularning xavfsizligini ta’minlash va salomatligini muhofaza qilish borasida viloyat “Haj” va “Umra”  hayyati tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

 

                                                                                                                      Suratlarni Murod  Komilov olgan.

                                                                                                                    Viloyat hokimligi  axborot xizmati.

 

28-07-2019 |
Foto galereya