Hurmatli Qashqadaryo ahli!

Sizlarni ulug‘ va qutlug‘ ayyom Qurbon hayiti bilan muborakbod etish sharofatiga muyassar bo‘lganimdan benihoya mamnunman. Oilaviy xotirjamlik, tinchlik, omonlik va salomatlik doimo hamroh bo‘lsin.

Bu yilgi Qurbon hayiti har yilgidan ajoyib va quvonchli o‘tayotganiga barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz.

Xususan, bugun Yurtboshimizni viloyatimizning 20 000 ta ehtiyojmand oilalariga 1 million so‘mdan, jami 20 milliardlik sovg‘asi hamda viloyatdagi saxovatpesha tadbirkorlar hisobidan 750 ta oilaga chorva mollari, parranda va quyon ajratilgani ko‘plab oilalarga yana-da quvonch olib kirdi.Jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik, o‘zaro hamjihatlik, farovonlik va bag‘rikenglik hukmron bo‘lsin.

Yurtimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va bolajonlarni shirin kulgusi arimasin.

Z.Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi.

31-07-2020 |
Foto galereya