Bugun Toshkent shahrida futbol va mini-futbol bo'yicha bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi bahslarining mini-futbol musobaqasi final o'yinida g‘alaba qozongan "Qamashi" jamoasini hamda futbol musobaqasida 3-o'rinni egallagan Shahrisabz shahar jamoasini o‘zim va keng jamoatchilik hamda millionlab muxlislar nomidan tabriklayman.

Bu jamoalarimizga ham chempionlik davomiy bo'lishini tilayman va kubok shohsupalari hamda ko’plab sovrin va yutuqlar nasib qilsin.

Murotjon Azimov, viloyat hokimi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun poytaxtda bo'layotgan musobaqa doirasida "Qamashi" jamoasi Toshkent viloyatining "Yangi hayot" jamoasini 3:1 hisobida, Shahrisabz shahrining "Yangi hayot" jamoasi esa Xorazmning "Shodxurram" jamoasi ustidan penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

26-08-2023 |
Foto galereya