O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq uy-joyga muhtoj oilalarga uy sotib olish uchun subsidiyalar to‘lash tartibi belgilangan.

Subsidiyalar – daromadi yuqori bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olishlari uchun boshlang‘ich badal yoki kredit foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish maqsadida davlat byudjetidan to‘lanadigan va qaytarib berilmaydigan mablag‘ bo‘lib, u uy-joyga muhtoj bo‘lgan oilalar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa O‘zbekiston fuqarolariga ajratiladi.

Qarshi shahar davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan tadbirda shahar hokimligi tomonidan uy-joyga muhtoj 17 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati

12-06-2020 |
Foto galereya