Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev bugun mustaqilligimizning 28-yilligi munosabati bilan  tumandagi "Guvalak" qishlog‘ida о‘tkazilgan bayram tantanasida ishtirok etdi. Bu haqda Koson tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tuman hokimi tabrik sо‘zida paxta yig‘im-terimi ishlari boshlangunga qadar “Guvalak” qishlog‘iga ichimlik suvini olib kelishini ta’kidladi. Buning uchun qanday zaruriy ishlar bajarilishi kerak bо‘lsa, amalga oshirishga va’da berdi.

Bayram dasturida viloyatimizning iste’dodli san’atkorlari tomonidan kuy-qо‘shiqlar ijro etildi. Barcha birdek raqsga tushib, mustaqillik ayyomini munosib kutib olishdi.

Bu esa guvalakliklar uchun haqiqiy bayram tuhfasi bо‘ldi.

Dilshod Nabiyev, Koson tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

30-08-2019 |
Foto galereya