Yangi yil bayrami arafasida Shahrisabz tumanidagi tog‘li Ommag‘on qishlog‘idagi Oilaviy shifokorlik punktining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi rahbariyati, malakali shifokorlar va mahallaning faol nuroniylari ishtirok etdi.

Muassasa shu paytga qadar 50 yillar oldin hashar yo‘li bilan qurilgan, sharoitlari haminqadar bo‘lgan eski bir binoda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Prezidentimizning odilona islohotlari tufayli ushbu Oilaviy shifokorlik punktining yangi binosi 2 milliard 500 million so‘mga yaqin mablag‘ evaziga qurib bitkazildi. Binoda 23 ta xona mavjud. Xonalar isitish tizimi va issiq-sovuq suv bilan ta’minlangan. Binoda quyosh paneli o‘rnatilgan.

Muassasa 4300 dan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

30-12-2023 |
Foto galereya