Muboraklik tadbirkor Botir Qarov tashkil etgan ixcham tikuv-trikotaj korxonasi iste’mol bozoriga 20 dan oshiq turdagi kiyim-kechaklar va boshqa  tikuvchilik mahsulotlari taklif etayapti.

- Seximiz 2 yil avval  ochilgan bо‘lsa, hozirga kelib faoliyatimizda ancha о‘sishga erishdik, - deydi yosh ishbilarmon. - Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turi oshgan. 7 dona tikuv dastgohimiz bor. Aholi buyurtmasi bilan ham ishlaymiz. Qolaversa, mahsulotimizni Qarshi shahri va Koson tumaniga ham tarqatamiz. Korxonamizda 4 nafar doimiy ishchi mehnat qilayotgan bо‘lsa, 10 nafari maktab va kollejdan kelgan amaliyotchidir. Qolganini shogird sifatida tarbiyalayapmiz. Quvvatni kengaytirib, mahsuldorlikni oshirmoqchimiz. Shunday ekan, mohir tikuvchilarni о‘zimizda ishga olib qolamiz.

Botir Qarovning aytishicha, bultur u ishlab chiqarishda jiddiy samaradorlikka erishib, 40 million sо‘mdan ziyod sof foyda kо‘rgan. Bu kichik korxona uchun katta natija, albatta. Tadbirkor joriy yilda mazkur kо‘rsatkichni yanada yaxshilash, qolaversa, о‘z ishiga yangilik olib kirish niyatida. Zamonaviy uskuna xarid qilib, kiyimlarga rasm, turli yozuvlar bosishni tashkil etish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni о‘zlashtirish maqsad qilingan.

Astoydil qilingan mehnatning mevasi shirin bо‘ladi. Tadbirkorning yutuqlari esa e’tirofsiz, e’tiborsiz qolmadi. U Prezident sovrini uchun о‘tkazilayotgan "Tashabbus-2019" kо‘rik-tanlovining tuman bosqichida yuksak rag‘batga munosib kо‘rildi. Botir Qarov "Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori" yо‘nalishida tengsiz deb topildi.

M.SHUHRATOV

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

25-05-2019 |
Foto galereya