Qashqadaryo viloyati bolalar kо‘p tarmoqli tibbiyot markazida xorijlik malakali mutaxassislar ishtirokida “Reproduktiv salomatlikning zamonaviy yо‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani о‘tkazildi.

“Mamlakatimizdak tub yangilanishlarni avvalo ijtimoiy hayotimizning eng muhim yо‘nalishlari bо‘lmish tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishdan boshlaganimiz bejiz emas, – deb qayd etdi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yо‘llagan Tabrigida.  – Chunki tinchlik va sog‘liq  bu har bir inson, butun aholimiz uchun hech narsa bilan о‘lchab, baholab bо‘lmaydigan buyuk ne’matdir”.

 “Reproduktiv salomatlikning zamonaviy yо‘nalishlari” mavzusida о‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman mana shu buyuk ne’matni, ayniqsa onalar va bolalar salomatligini asrash borasida amalga oshirilishi zarur bо‘lgan dolzarb vazifalarni malakali mutaxassislar ishtirokida muhokoma qilib, muammolar yechimini birgalikda izlash imkoniyatini yaratdi.

–Keyingi yillarda viloyatda ayniqsa onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasiga e’tibor yanada kuchaytirildi, – deydi anjumanni kirish sо‘zi bilan ochgan viloyat xotin-qizlar qо‘mitasining raisi, viloyat hokimining о‘rinbosari Maxsuda Mustafoyeva. – Hozirgi kunda tug‘ish yoshidagi ayollar 849 801, bolalar 1 122 151 nafarni tashkil etadi. Kechagina Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida tug‘ma yurak porogi bilan hisobda turgan bolalardan 3 nafarida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi. Bu viloyatimiz tibbiyotida ulkan ahamiyatga molik muvaffaqiyat bо‘ldi.

2019 yilda viloyatning barcha shahar va tuman kо‘p tarmoqli poliklinikalarida ayollar maslahatgohlari, qizlar salomatlik markazlari, perenatal skrining markazlarining tashkil etilishi tufayli aholiga bu borada har tomonlama qulayliklar yaratildi.

Prezidentimizning 2019 yil 8 noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga kо‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va kо‘lamini yanada kengaytirish tо‘g‘risida”gi qarori  bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulug‘vor о‘zgarishlarni yangi bosqichga kо‘tarishi shubhasiz.

Anjumanda Rossiyadan, respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, Respublika perenatal markazi, Buxoro tibbiyot instituti, Farg‘ona viloyati perenatal markazidan kelgan malakali professor, ekspert va ilmiy xodimlar, shuningdek vohamiz mutaxassislari о‘z reproduktiv salomatlikning zamonaviy yо‘nalishlariga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ayniqsa, Rossiya ilmiy akademiyasi eksperti, akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori G.B.Dikkening ma’ruzalari ishtirokchilarning katta qiziqishlariga sabab bо‘ldi.

 

QASHQADARYO VILOYATI SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI.

25-11-2019 |
Foto galereya