Qarshi shahridagi Madaniyat uyida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar xodimlari bilan muloqot qildi.

Unda sohaga Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan qaratilayotgan yuksak e’tibor, keyingi paytda soha ravnaqini yangi bosqichga kо‘tarish bо‘yicha amalga oshirilgan ulkan ishlar hamda viloyatda madaniyat va san’atni yanada qо‘llab-quvvatlash haqida sо‘z bordi.

- Qashqadaryoning о‘ziga xos epik an’analari bor. Ana shu an’analar tinimsiz ijod qilishga, izlanishga undashi kerak. Camarali ijod orqali Qashqadaryocha qadriyatlarni dunyoga tanitaylik, - dedi Zoyir Mirzayev.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida о‘tgan uchrashuvda milliy madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb masalalar, ularni hal etish yо‘llari, bu borada ijodiy uyushmalar va davlat tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda ta’kidlangan vazifa va topshiriqlar bо‘yicha yana batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

19-02-2020 |
Foto galereya