Madaniyat va sanʼatning jamiyatimiz ijtimoiy-maʼnaviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, Prezidentimiz tomonlaridan 15-aprel sanasini “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” deb eʼlon qilinishi tarixiy voqea bo‘ldi.

Bugungi kunda viloyatimizda 108 ta madaniyat muassasalari hamda 34 ta “Xalq” va “Namunali” unvonga ega bo‘lgan folklor, ashula va raqs ansambllari faoliyat ko‘rsatadi.

Viloyatda 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, 9 nafar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, 6 nafar O‘zbekiston xalq baxshisi, 3 nafar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, 2 nafar “El-yurt hurmati” ordeni, 1 nafar “Fidokorona xizmatlari uchun” va “Mehnat shuhrati” ordenlari, 2 nafar “Do‘stlik” ordeni, 8 nafar “Shuhrat” medali, 12 nafar “Nihol” davlat mukofotlari sohiblari madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat olib bormoqda.

Ushbu kun munosabati bilan tashkil etilgan bayram dasturida Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov va viloyat hokimi Murotjon Azimovlar ham ishtirok etib, ziyo qatlami vakillarini bayram bilan qizg‘in tabriklashdi.

16-04-2024 |
Foto galereya