O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ham oxirgi yillarda xalqaro maydonda keng eʼtiroflarga sazovor bo‘lib bormoqda. Quvonarlisi shuki, yaqinda turkiyalik taniqli jurnalist va dramaturg Nazif Uslu Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu maskanga tashrif buyurgan edi.

Yangi yilning ilk kunlaridayoq Turkiyaning “TIYATRO“ gazetasida Nazif Usluning ”Yangi O‘zbekistonning yangi teatri Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri” deb nomlangan sarlavha ostida tahliliy maqolasi chop etildi. Unda teatrning xalqaro ijodiy aloqalari va yutuqlari, teatr rahbari O‘.Maxmatqulovning bu boradagi saʼy-harakatlari beqiyosligi haqida atroflicha so‘z boradi. Teatr ijodi xalqaro OAVda ham keng yoritilayotgani davlatimizning sahna sanʼati uchun yaratayotgan keng imkoniyatlarining samarasidir.

04-01-2024 |
Foto galereya