Xabaringiz bor, viloyatimizdagi davlat OTMlari talabalari uchun 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab “Viloyat hokimi stipendiyasi” joriy etilib, mazkur stipendiya g'olibligi uchun 442 nafar vohamiz talaba-yoshlari ariza topshirgan holda belgilangan nizom talablariga asosan tanlovning birinchi bosqichidan 32 nafar yoshlar viloyat bosqichiga saralab olindi va ishchi guruhi tomonidan tanlovning 2-bosqichi o‘tkazilib, unda 14 nafar g'oliblar aniqlangan edi.

Shu munosabat bilan, Qarshi davlat universitetida viloyat hokimi Murotjon Azimov va talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv o'tkazilib, unda so'zga chiqqan viloyat rahbari prezidentimizning ta'lim sohasida olib borayotgan keng islohotlari yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochayotganini alohida ta'kidlab o'tdi va uning natijasi o'laroq “Viloyat hokimi stipendiyasi” g'oliblarini tantanali ravishda taqdirladi.

G'oliblarning to'liq ro'yxati bilan bu yerda tanishing.

Ma'lumot uchun, g'oliblarga joriy o‘quv yilining sentabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qo‘shimcha stipendiya to‘lab boriladi.

10-11-2023 |
Foto galereya