Xabar berganimizdek, "Tashabbusli byudjet" jarayonining joriy yil 2-mavsumiga 17-iyuldan start berilgan edi. Bu borada Qashqadaryoda mavsumdan-mavsumga aholining faolligi ortib, 16-sentabrda yakun topgan 2-mavsumda ham buni yaqqol sezish mumkin.

Mavsum boshida "Open budget" portali orqali viloyat bo'yicha 3696 ta takliflar bildirilgan bo‘lsa, shundan 2830 tasi ovoz berishga maʼqullanib, yakuniy natijalarga ko‘ra 100 ta tashabbuslar g‘olib deb topildi. O‘z navbatida esa mazkur g‘olib bo‘lgan takliflarni moliyalashtirish uchun 135 mlrd 280 mln so‘mdan ortiq mablag' ajratilgan.

Takliflarga berilgan ovozlar sonining eng ko'pligi bo‘yicha viloyatimiz respublikada 2-o‘rinni egallab, bu ko'rsatkich 2 255 190 tani tashkil etdi. Yana shuni alohida aytish lozimki, ovoz berish jarayonida aholi qamrovi (o‘z hududi aholisiga nisbatan) Yakkabog‘da 120, Chiroqchida 106 va Shahrisabz tumanida 98 foizni tashkil etdi.

Yuqorida ta'kidlaganimiz, g'olib deb topilgan takliflarni sohalar kesimida kuchli uchligini tahlil etadigan bo'lsak eng ko'p, ya'ni 76 ta loyihalar ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) taʼmirlash bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etib, umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari 8 tani va sog‘liqni saqlash muassasalarini taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari 7 tani tashkil etmoqda.

 

Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

18-09-2023 |
Foto galereya