Qarshi shahridagi Vatanparvarlar bog‘ida  Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini oltin va kumush medallar bilan bitirgan bir guruh о‘quvchilar tantanali taqdirlandi.

 

 

Tadbirda viloyat hokimi  Zafar Ruziyev, ta’lim faxriylari, jamoatchilik va yoshlar Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar har taraflama barkamol, chuqur bilimga ega yosh avlodni tarbiyalab, kamolga yetkazishda muhim omil bо‘layotganini ta’kidladi. Bu jarayonda umumta’lim maktablarida 11 yillik majburiy ta’lim tizimi qayta yо‘lga qо‘yilgani, eng bilimli, iqtidorli о‘quvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash joriy etilgani ham bunga yaqqol dalildir.

Joriy о‘quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini 32 ming 501 nafar  yigit-qiz muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yо‘llanma oldi, - deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Jо‘rayev. Ularning 206 nafari oltin va 283 nafari kumush medalga sazovor bо‘ldi. Shuningdek viloyat umumta’lim maktablarini bitirgan 883 nafar о‘quvchilarga a’lo darajali kasb malaka diplomi topshirildi.

Tadbirda oltin va kumush medallar, viloyat hokimligining sovg‘alari tantanali topshirildi. Mukofotlanganlar safida Qarshi shahridagi 2- sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 11-sinf о‘quvchisi  S.Murodillayev ham bor.

– Ta’lim muassasamizda biz, yoshlarning zamonaviy bilimlarni chuqur о‘zlashtirishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi S.Murodillayev. – Faqat qunt bilan о‘qish kerak. Maktabda olgan bilimlarimiz davlatimiz tomonidan yuqori baholanganidan faxrlanamiz. Bu bizning Vatanimiz taraqqiyoti uchun kelajakda amalga oshiradigan mehnatlarimizga berilgan mukofot, deb bilaman.

 

                                              Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                           Viloyat hokimligi axborot xizmati.

21-06-2019 |
Foto galereya