Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator masalalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Shuningdek, aholi daromadlarini oshirish maqsadida tomorqadan foydalanish holati bo‘yicha ham masʼullarning hisobotlari tinglandi.

- O‘zim ham ko‘plab aholi xonadonlarida bo‘ldim,  bahorgi ekin-tekin ishlarini vertolyotda ham kuzatdim, - dedi viloyat hokimi. - Ayrim hududlar juda faol, ayrim hududlarda esa tomorqaga ekin ekilmagan. Bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan bir qator mahalla yettiligi vakillari vazifasidan ham ozod etildi.

Yuqoridagi holatlarni hisobga olib, viloyat hokimi bahor fasli seryog‘in kelgani, bu esa ekinlarni unumdorligiga ijobiy taʼsir qilishini taʼkidlab, aholi daromadlari va bandligini oshirish maqsadida vohamizda joriy yilning 16-25 aprel kunlari ekin ekish bo‘yicha "Dolzarb 10 kunlik"ni eʼlon qilib, tuman va shaharlarga viloyat tashkilotlaridan masʼullar biriktirdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, yig‘ilish qarori qabul qilinib, masʼullarga topshiriqlar belgilandi.

16-04-2024 |
Foto galereya