Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-25-oktabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida bir qator muhim masalalarga, xususan suv xo‘jaligi sohasiga alohida eʼtibor qaratgan edi. Jumladan, xitoyliklar bilan hamkorlikda viloyatdagi 317 km uzunlikdagi kanallarni betonlashtirish yuzasidan topshiriq berildi.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyat hokimligida Suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimligi va Xitoyning “China CAMC Enginiring Co., Ltd (KNR)” kompaniyasi vakillari ishtirokida loyihaning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 54 mln. AQSH dollariga teng bo‘lib, uning amalga oshirilishi natijasida jami 634 km uzunlikdagi kanallarning texnik holati yaxshilanadi va foydali ish koeffitsiyenti oshiriladi. Natijada 215 ming gektar maydonning suv taʼminoti yaxshilanadi.

03-11-2023 |
Foto galereya