2019 yilgi yoz masumida Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahrida faoliyat kо‘rsatayotgan 18 ta statsionar bolalar oromgohida 25090 nafar bola sog‘lomlashtirilishi va dam oldirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 5000 nafardan ortiq kam ta’minlangan oilalar farzandlari, 90 nafar "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchisi hamda 100 nafar iqtidorli bolalar bepul yо‘llanmalar bilan ta’minlangan. 

Ushbu ma’lumotlar Shahrisabz tumanidagi "Ziyo chashmalari" oromgohida viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhining 2019 yilgi mavsumga bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qabul qilish va mavsumning ochilishiga bag‘ishlab о‘tkazilgan navbatdagi seminar yig‘ilishida e’lon qilindi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumiga kо‘rilgan tayyorgarlik  va uni namunali о‘tkazish bо‘yicha fikr almashildi.

Xususan, mavsumni uyushqoqlik bilan о‘tkazish, oromgohlarni zarur jihozlar bilan tо‘liq ta’minlash, bolalarga malakali tibbiy xizmat kо‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish masalalari diqqat markazida bо‘ldi. oromgohlarga jalb etilgan bolalar xavfsizligini ta’minlash, turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari о‘tkazish, ijodiy uchrashuvlar tashkil etishni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar о‘rtaga tashlandi.

S.ALLAYOROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

04-06-2019 |
Foto galereya