Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimi xodimlari bilan uchrashdi. Unda soha rivoji va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Murotjon Azimovning taʼkidlashicha, viloyat tibbiyot muassalarini saqlash xarajatlari uchun 2 trln. so‘m yoki 2016-yilga nisbatan 4 baravar ko‘p mablag‘ ajratildi (qurilish-taʼmirlashdan tashqari). Ko‘p yillardan beri qurilishi to‘xtab qolgan Koson va Nishon tibbiyot birlashmalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, foydalanishga topshirildi.

- Tibbiy xizmatlarning sifat darajasi oshib, yangi zamonaviy yo‘nalishlar, davolash va diagnostika usullari, noyob ilmiy-amaliy tajribalar shakllanmoqda, - deydi viloyat rahbari. - Ayniqsa, “Ona va bola markazi” binosi barpo etilganini viloyatimiz ahli uchun munosib sovg‘a bo‘ldi, desak adashmaymiz. Lekin, faoliyatimizni tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqmasak, ajratilgan mablag‘lar, yaratilgan shart-sharoitlar amalda o‘zini to‘liq oqlamoqdami, viloyatimiz xalqi tibbiyot tizimidan haqiqatda rozimi, degan savollarga javob topa olmaymiz.

Uchrashuv davomida masʼullarning hisobotlari, shifokorlarning takliflari tinglandi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha bir qator masʼullar vazifasidan ozod etildi. Ishga kiritib qo‘yish yoki Davlatimiz tomonidan ajratilgan mablag‘larni talon-taroj bo‘yicha aniqlangan korrupsion holatlarga tegishli organlar tomonidan surishtiruvlar olib borilayotgani taʼkidlandi.

04-12-2023 |
Foto galereya