О‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat kengashining navbatdagi plenumi bо‘lib о‘tdi. Unda partiya markaziy kengashi va fraksiyasi, viloyat kengashi va ijroiya qо‘mitasi a’zolari, mahalliy partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga saylangan deputatlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda partiya viloyat kengashining 2019 yil birinchi yarmidagi ishi yakunlari va ikkinchi yarim yillikdagi faoliyatining asosiy yо‘nalishlari, joriy yil dekabr oyida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bо‘lib о‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik kо‘rish kabi masalalar muhokama etildi.

Qayd etilganidek, faoliyat samaradorligida boshlang‘ich partiya tashkilotlarining о‘rni katta. Bugun viloyatda 628 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjud. Shu bilan birga, ayni paytda xalq deputatlari viloyat Kengashida partiyadan saylangan 12 nafar, tuman va shahar Kengashlarida esa 63 nafar deputat faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning о‘tgan davri mobaynida partiya dasturiy maqsad va vazifalari ijrosidan kelib chiqib, mahalliy Kengash sessiyalariga 17 tashabbus-masala olib chiqildi va qaror qabul qilinishiga erishildi. Shuningdek, doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga 20 taklif olib chiqilib, 53 nafar mansabdor shaxsning hisoboti tinglandi. Mutasaddi rahbarlarga 174 ta deputatlik sо‘rovi yuborilgan bо‘lib, 81 tasi qonun va hukumat qarorlari ijrosi bо‘yicha, 93 tasi fuqarolar murojaatlari bо‘yicha. Bugungi kungacha ushbu sо‘rovlarning 117 tasiga javob qaytarilib, ijobiy hal etildi.

Kengash yig‘ilishi sо‘ngida muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

S.ALLAYOROVA,

partiya viloyat kengashi yetakchi mutaxassisi

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari  asosida

 

23-07-2019 |
Foto galereya